KANAL ADMINIGA NISBATAN REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro Sh.M.ning ijtimoiy tarmoq orqali «Jennifer Xorazmga galishi uchun sabab diyetologimiz…» sarlavhasi ostida ozdiruvchi mahsulotlarni reklama qilinayotgani haqidagi murojaatini o‘rganib chiqdi. O‘rganishlarda reklamada amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopesning videosi montaj qilingani orqali biologik faol qo‘shimchalar va ularning xususiyatlari haqida bir necha yuz minglab kuzatuvchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan nomaqbul reklama joylashtirilganlik…