Xalqaro hamkorlik
10-11-oktyabr kunlari raqobat sohasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Turkiya Raqobat organi vitse-prezidenti Jengiz Cholak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar raqamli platformalarni raqobat qonunchiligiga muvofiq tartibga solish masalalari bo‘yicha fikr almashishdi. Shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston raqobat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, amaliyotda…