-Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini almashtirish chog‘ida nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Aytish kerakki, bu boradagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil 4-may kuni 3005-son bilan ro‘yxatga olingan “Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, uning: 13-bandida iste’molchilardagi mavjud hisobga olish priborlarini, shu jumladan, induksion, gaz temperaturasi va bosimi…