Xorijda ishga joylashish bo‘yicha noqonuniy xizmatlarga aldanmang!
So‘nggi vaqtlarda internet va ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborayotgan turli konsalting kompaniyalari va vositachilar reklama qilmoqda. Afsuski, ko‘plab holatlarda bunday xizmatlar noqonuniy bo‘lib, ular orqali chet elga chiqqan fuqarolar aldov qurboni bo‘lib, og‘ir ahvolga tushib qolmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bunday noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxs va tashkilotlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Shu…