Xorijda ishlash va o‘qish uchun “oson” borishni va’da qilayotgan konsalting firmalardan ogoh bo‘ling!
Har bir inson yaxshi yashash, bilim olish va ish topishni istaydi. Ammo, bu maqsadlarga erishishda tez va “oson” yo‘lni tanlab, aldamchi konsalting firmalariga tushib qolish holatlari ortib bormoqda. Joriy yilda fuqarolarimizdan Qo‘mitaga 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi xorijda ishga yoki o‘qishga joylashtirish va’dasi bilan firmalarga pul to‘lagan, ammo to‘langan mablag‘lar qaytarilmagan…