Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga iste’molchilardan kommunal xizmatlar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda.

Murojaatlar hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘mita tomonidan Nukus shahrida ichimlik suvi sifati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida 1 478 nafar jismoniy va 3 ta yuridik shaxsga yetkazib berilgan ichimlik suvi tarkibida umumiy qattiqlik darajasi belgilangan sanitariya-gigiyenik me’yorlardan oshgani va ushbu suv uchun jami 2,8 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgani aniqlandi. Holat yuzasidan, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish…