Qo‘mita tomonidan Bandixon tumanida tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligida Surxondaryo viloyati Bandixon tuman hokimligida mahallalar “ettiligi”, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbir doirasida tumanning “Limonzor” MFY va “Charm qishloq” MFYlarga ham tashrif buyurildi va mahalla “ettiligi” tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar…

O‘zbekiston bank sektorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish – xalqaro tajriba almashish

Moliya sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarimiz doirasida yaqinda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Banklarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan ekspert taqdimoti tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uchta hamkor bank vakillari bilan o‘tkazildi. Qo‘mita xalqaro modellar va standartlar bo‘yicha…

2025-yilning birinchi choragida iste’mol bozorida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari tahlili

2025-yilning birinchi choragida Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni aniqlash maqsadida mamlakat miqyosida keng ko‘lamli nazorat xaridlari amalga oshirildi. Bu tadbirlar doirasida 205 turdagi mahsulotlar turli savdo nuqtalaridan xarid qilindi…