REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “MARKETPLACE TRADING” AJga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “MARKETPLACE TRADING” AJ tomonidan Toshkent shahridagi tashqi reklama obyektida e’lon qilingan “Sello Pay” – pul o‘tkazmalari uchun «0 %” mazmunidagi reklama joylashtirilganligi kuzatildi. Shuningdek, “MARKETPLACE TRADING” AJning rasmiy veb-saytida “Sello Pay” mobil ilovasi orqali plastik kartalarga pul o‘tkazmalari bo‘yicha aksiya 2024-yil 1-iyuldan boshlanishi, mazkur aksiya shartlariga ko‘ra identifikatsiyadan o‘tgan…