REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “IPAK YO‘LI” AITBga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI
Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblanib, bu borada muntazam ravishda tizimli ishlar olib borayotganligi jamoatchiligimizga ma’lum. Xususan, Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Ipak Yo‘li” AITB tomonidan e’lon qilingan “Universal” va “Milliy” nomli omonat turlari reklamasida “Universal” omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 22 foiz,…