QO‘SHIMCHA AXBOROT

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilganiligi va o‘rganish ishlari olib borilayotganligi bo‘yicha ma’lum qilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/8926) Ushbu ish yuzasidan Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil…

SAMARQAND VILOYATIDAGI 11 TA TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING QABUL QILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARI “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARIGA ZID EKANLIGI ANIQLANDI

Joriy yilning II chorak yakunida Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari (Ishtixon, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut,…

QO‘MITA MUTAXASSISLARI QOZOG‘ISTONDA XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDALAR

Joriy yilning 16-18-iyul kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida AQShning Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) hamkorligida tashkillashtirilgan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar. Uchrashuvda soha mutaxassislari kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shni respublikalar ekspertlari bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashmoqdalar.

SIRDARYO VILOYATI AVTOMOBIL YO‘LLARI BOSHQARMASI TIZIM TASHKILOTLARI AMALGA OSHIRGAN BOSHLANG‘ICH QIYMATI 37 MLRD SO‘MDAN ORTIQ BO‘LGAN DAVLAT XARIDLARIDA QONUNBUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosi yuzasidan joriy yilning mart-iyul oylarida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida mazkur boshqarmaning tizim tashkilotlari: Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos va Guliston tumanlarida joylashgan unitar korxonalari…