MUROJAAT ISTE’MOLCHI FOYDASIGA HAL QILINDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.V.ning “HUDUDGAZ SIRDARYO” gaz taminoti filiali tomonidan fuqaroga nisbatan 21 949 900 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqaroning haqiqatdan ham mavjud qarzdorligi 15 501…

“AGROBANK” ATBGA NISBATAN MONOPOLIYAGA QARSHI CHORA QO‘LLANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Chinoz tumani fermer xo‘jaliklarining yo‘llagan murojaati Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqildi. Ta’kidlash joizki, “Agrobank” ATB tovar yoki moliya bozorida davlat reyestrida “Fermer xo‘jaliklarini kreditlash xizmati” bo‘yicha ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. Mazkur murojaatni o‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari…

FUQARONING  HUQUQLARI SUD TARTIBIDA HIMOYA QILINDI

Buxoro viloyati, Buxoro shaharida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Z.ning “ABSOLUTE ELITE BUILDING” MCHJ xizmatidan noroziligini bildirib qilgan murojaati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Mazkur murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida iste’molchi va “ABSOLUTE ELITE BUILDING” MCHJ oʻrtasida koʻp qavatli turar-joy binosining 2-qavatida joylashgan umumiy maydoni 61.05 kv.m…

“ANGLESY FOOD” MCHJ (“KORZINKA” NOMLI SUPYERMARKYETLAR TARMOG‘I)GA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

“Korzinka” supermarketi tarmog‘i tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotlarida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx – Korzinkada”, «…Eng unumlisiga keling!» degan reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilganligi kuzatildi. Mazkur reklama axborotlarida qayd etilgan ma’lumotlarni o‘rganish natijasida aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan ma’lum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat…

MINERAL O‘G‘ITLAR BOZORIDA NARXLARNI ASOSSIZ OSHIRISH HOLATI BO‘YICHA “MAXAM-CHIRCHIQ” AJGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

Qo‘mita tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan. Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan. Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari…