Sut mahsulotlarini ishlab chiqarilgan va qadoqlangan sanasi bilan savdoga chiqarilishi nazoratga olindi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Korzinka” supermarketi sotilayotgan ESSI brendi ostida yogurt mahsulotining ishlab chiqarish muddati noto‘g‘ri ko‘rsatilgani, ya’ni ikki kun keyingi sana bilan savdoga chiqarilganligidan norozilik bildirib murojaat qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Qo‘mita “Milkolino Products” MChJ (ESSI brendi) bilan hamkorlikda mazkur holatga tegishli hujjatlar va…

LUKOILGA NISBATAN NARX MANIPULYASIYASI ALOMATLARI BILAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan. Natijada birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari o‘rtacha 10 foizdan 50…

Telekanallardagi sprey (dezodorant) reklama namoyishi to‘xtatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Abror Zohidovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2024-yil 25-iyun kuni telekanallarda joylashtirilgan “O‘o‘o‘o‘v birodarlar, ayting! «Erkakdek xushbo‘ylanish» nima degani?” mavzuida erkaklar uchun sprey (dezodorant) reklama mazmuniga oid e’tirozi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, reklamada – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib…

“Cherry” avtomobilining nuqsonli ehtiyot qismi sifatlisiga almashtirilishi ta’minlandi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Yangi olingan “Cherry”ning karobkasi yo‘lning o‘rtasida ishlamay qolibdi. 5-yillik kafolat bor deb sotgan salon 1 oydan beri na mashinani tuzatib bergani na almashtirib bergani aytilmoqda!” mavzuida tanqidiy murojaat qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaatni  “ADM-ASTER” MChJ QK bilan hamkorlikda o‘rganib chiqdi. Murojaatda  bildirilganidek, haqiqatan ham Cherry Roxat…

Reklamalarda 1262 ta holatda turli kamchiliklar aniqlangan hamda ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “XXI asr” gazetasining 2024-yil 20-iyul kuni 25-sonida e’lon qilingan “Reklama – faqat pul topish vositasi…mi? Yoxud ulardagi til va tasvir masalasiga qachon e’tibor qaratamiz?” sarlavhasi ostidagi maqola yuzasidani quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va…

FUQARODAN SAVOL: Tovarning monopol yuqori narxi nima?

FUQARODAN SAVOL: – Tovarning monopol yuqori narxi nima? MUTAXASSIS JAVOBI: Agar tovarni realizatsiya qilish narxi hamda uni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut juda yuqori bo‘lsa yoki tovarning sifatini pasaytirish hisobidan qo‘shimcha foyda olishga qaratilgan bo‘lsa, tovarning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan…