Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga
Hurmatli Forum qatnashchilari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, siz azizlarni – dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg‘in qutlash hamda o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan g‘oyat baxtiyorman. Ushbu tashabbusimizni faol qo‘llab-quvvatlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti…