Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali buyurtma qilingan eshiklar o‘lchami xonalarga mos kelmagani, ammo xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan muammo bartaraf etilmayotgani xususida Qashqadaryo viloyatidan murojaat qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan murojaat yuzasida quyidagilar ma’lum qilinadi. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda iste’molchi xonadoni uchun eshiklarga “RG-INVEST” MChJga buyurtma berib, pulini ham to‘lagani ma’lum bo‘ldi.…