O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Zakovat” NNT tomonidan vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan Mustaqillik kubogi

9-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Zakovat” NNT tomonidan vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan Mustaqillik kubogida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlaridan iborat jamoa ham ishtirok etdi. Ilk bor o‘tkazilgan Mustaqillik kubogida  ellikka yaqin jamoa qatnashib, jamoalar o‘rtasida Qo‘mita jamoasi faxrli 4-o‘rinni egalladi.