TADBIRKOR MUROJAATI ASOSIDA SUV TA’MINOTI UCHUN HISOBLANGAN ORTIQCHA MABLAG‘ QAYTA HISOB-KITOB QILIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir tadbirkorning muammosi hal etildi. Hududiy boshqarmaga “Luxury Apartments” MChJ QK tomonidan yo’llangan murojaatda, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ tomonidan jamiyatga suv ta’minoti uchun asossiz ortiqcha to’lov hisoblangani bildirilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan. Mazkur murojaatga asosan, hududiy boshqarma tomonidan o’rganish…