UY-JOY UCHUN TO‘LANGAN TO‘LOV QAYTARILISHI TA’MINLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga fuqaro Ishqurbonova Mohichehra Bahodirovnaning qilgan murojaati Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Murojaatda fuqaro Qarshi shahar Nasaf ko‘chasida qurilayotgan qo‘p qavatli uydagi xonadonlardan birini sotib olish uchun Qarshi shahar “Norbo‘ta savdo” xususiy korxonasi bilan 2018-yilning 24-may kuni rasmiylashtirilgan 57-sonli shartnomaga asosan unga uy qurib…