RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan Click umummilliy to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 16-17-moddalariga asosan agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi…