RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASIGA RAHBAR TAYINLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sharaxmetov Shaxrux Shaturgunovich O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Qo‘mita jamoasi va barcha soha mutasaddilari nomidan Sh.Sharaxmetovga mas’uliyatli lavozimda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.