Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi metan gaz quyish shoxobchalarida narxlarni sun‘iy oshirilishi yuzasidan ogohlantiradi!

Hurmatli tadbirkorlar! Kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar kiritish toʻgʻrisida mutasaddi idoralar tomonidan axborot berilgan. Ammo bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab boʻla olmaydi. Oʻz navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz…

«Schiever» kompaniyasi guruhiga mansub “bi1” do‘konlar tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan savdo tarmoqlari vakillari bilan sohada kuzatilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, bugun Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Qayumov Asadulla O‘rolovich hamda Fransiyaning xalqaro Schiever kompaniyasi guruhiga mansub “bi1” do‘konlar tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida,  mamlakatimizda iqtisodiyotda raqobatni…