O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faollari va a’zolariga BAYRAM TABRIGI

Hurmatli Kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari! Sizlarni, sizlar orqali barcha kasaba uyushmalari aʼzolarini “Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu niyat va tilaklarimni bildiraman. Bugungi kunda kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir boʼgʼiniga aylangan eng yirik jamoat tashkiloti sifatida eʼtirof etilayotgani ham ayni haqiqat. Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining sakkizinchi Qurultoyi zarhal…

Xalqaro valyuta jamg‘armasining O’zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 10-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasining O’zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari Ron van Rooden boshchiligidagi delegatsiyasi mamlakatimizga 7-15 noyabr kunlari tashrifi doirasida Qo‘mita rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ron van Rooden O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni hamda raqobatni rivojlantirish yuzasidan amalga oshiralayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Uchrashuv davomida, Xalqaro valyuta jamg‘armasi…

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI VA UY-JOY SHAROITLARINI YAXSHILASHGA MUHTOJ SHAXSLAR DIQQATIGA!!!

Ipoteka kreditlash koʻlamini yanada kengaytirish, xususiy pudratchilarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, uy-joy sharoitlari, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarini urbanizatsiya jarayonini jadallashtirishda kam taʼminlangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditlash mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” 2019-yilning 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni imzolangan. Ushbu Farmonning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga…

Davlat xizmatchilari huquqiy va ijtimoiy himoyada

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi inson qadrini yuksaltirish, xalqparvar davlat barpo etishga oid ustuvor maqsad va vazifalar ijrosini taʼminlash davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishni talab etmoqda. Yurtimizda bu borada olib borilayotgan tizimli islohotlarning navbatdagi amaliy natijasi o‘laroq, 2022-yilning 8-avgustida Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning qabul…

Qo‘mita rahbariyati va “Yandex” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʼlib o‘tdi

Bugun 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi binosida Qo‘mita rahbariyati va “Yandex” kompaniyasining xorij bozorlarida davlat idoralari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Yevgeniy Shumilov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʼlib o‘tdi. Uchrashuvda “Yandex” kompaniyasi vakillari kompaniyaning O‘zbekistonda olib borayotgan faoliyati va uning istiqboldagi rejalari bilan tanishtirishdi. Xususan, “Yandeks Go” xizmatlari platformasini raqamlashtirish va unda…