Tadbirkorlarga asossiz qarzdorlik hisoblash holatlari davom etmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yil 21 sentabr kuni “Chinoz yo’lindustriya” MCHJ tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda elektr energiyasidan foydalanish jarayonida transformator va elektr tarmoqlarida yo’qotishlarni hisoblashda texnik xatolikka yo’l qo’yilganligi oqibatida tadbirkorga 2020 yildan 2022 yil sentabr oyiga qadar jami 200 181 600 so’m ortiqcha qarzdorlik hisoblangan hamda ushbu qarzdorlik…