Toshkent viloyatida tadbirkorga asossiz hisoblangan 114 million so’m qarzdorlik bekor qilindi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga Qibray tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor Abror Xalimov murojaat qilgan. U o’z murojaatida Qibray shaharchasi, G’.G’ulom MFY, A.Navoiy ko’chasi, 1a uyda joylashgan tijorat do’koni binosi “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qibray TETK xodimlari tomonidan elektr ta’minotiga o’zboshimchalik bilan ulanilgan deb topilganligi, natijada 272448-000063-sonli dalolatnoma rasmiylashtirilib, asossiz…