O’zbekiston delegatsiyasi Jenevada

Joriy yil 21-iyun kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi bo’yicha ishchi guruhning 5-yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’zbekiston delegasiyasi Jenevada AQSH, Yevropa ittifoqi, Kanada, Braziliya, SHveysariya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Mo’g’uliston va boshqa JSTga a’zo yirik davlatlar – O’zbekistonning tashkilotga a’zo bo’lish bo’yicha ishchi guruhi a’zolari bilan tovar va xizmatlar bozoriga chiqish yuzasidan qator…

AQSH davlat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida AQSH davlat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Qo’mita raisi SHoxrux SHaraxmetov, raisning birinchi o’rinbosari Asadulla Qayumov va Qo’mitaning boshqa mas’ullari AQSH davlat tashkilotlari vakillari Tovar birjalari bo’yicha komissiyasi (CFTC) direktorining o’rinbosari Kevin Pikkoli, AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) maslahatchisi Maykl Kofild, AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini…

Mahallabay ishlash tizimi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi o’rinbosari B.Ummatov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida mahallabay ishlash tizimi bilan tanishdi. Hududda amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha taqdimotlarni Qo’mitaning hududdagi doimiy vakili, boshqarma boshlig’i Otabek Usmonov ishchi guruhga batafsil tanishtirdi. Ishchi guruh, xududiy boshqarma bilan birgalikda, viloyatning Namangan shahar, Davlatobod, To’raqo’rg’on va Kosonsoy tumanlarida amaliy ish natijalari va ularning birinchi…

Namangan viloyati mahallabay ishlash tizimi jadal davom etmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi SH.SHaraxmetov mahallabay ishlash tizimi bo’yicha Namangan viloyatiga biriktirilgan muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruh a’zosi hisoblanadi. Namangan viloyatiga Qo’mitadan doimiy faoliyat yurituvchi vakil, boshqarma boshlig’i Otabek Usmonov biriktirilgan. Viloyatda birinchi yarim yillik davomida ko’plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Qo’mita va uning xududdagi doimiy vakillari ko’magida birinchi yarim yillik davomida 50 dan ortiq…

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Tetra Tech kompaniyasi bilan hamkorlikda 20-24 iyun kunlari seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminarda Tetra Tech kompaniyasi vakillari, Merita Kostari, Raj Addepali va loyihaning viloyatlar bo’yicha koordinatori janob Babaev qatnashdilar. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasidagi “Elektr energiyasi bozori asoslari” mavzusidagi…

Тanlov g’oliblari taqdirlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda «27 iyun— matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik o’rtasida tanlov o’tkazilgan edi. Milliy Matbuot markazida o’tkazilgan tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda Qo’mita raisining birinchi o’inbosari A.Qayumov, rais o’rinbosari B.Ummatov va…

Qonun loyihasi muhokama etildi

Bugungi kunda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — Konstitusiyaviy islohotlar amalga oshirilmoqda. “O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasi parlament quyi palatasida birinchi o’qishda qabul qilinib, 25 iyundan boshlab umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. Ayni kunlarda mazkur Konstitusiyaviy qonun loyihasi barcha idora va tashkilotlarda, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, takliflar…