Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Ichki audit, korrupsiyaga qarshi komplayens va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
I. Korrupsiyaga qarshi kurashish. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʻyicha ishlar…