Aholiga extiyojlari uchun issiqlik energiyasi yetkazib berishda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi qanday tartibda hisoblanadi?
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari va qo’llanilgan tariflarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o’rganish va tahlil ishlari olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12- yanvardagi 22-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 153-bandi ikkinchi xat boshisida aholiga elektr energiyasi yetkazib…