21-fevral – Xalqaro ona tili kuni

YUNESKO tashkiloti tomonidan 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oʻz milliy tafakkuri, maʼnaviyati, ruhiyatining oʻzagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oʻz aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan…

2021-yilda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

2021-yilda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Birinchidan, insofsiz raqobatga yo’l qo’yilmasligi bo’yicha. O’tgan yilda ushbu yo’nalishda 261 ta murojaat o’rganib chiqildi, natijada 68 ta holatda insofsiz raqobatga yo’l qo’yilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo’zg’atildi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Bundan tashqari, texnik chigitni sotishda kelishib olingan harakatlar…

Elektron tijorat jarayonidagi insofsiz raqobat holatlari

Mamlakatimizda elektron tijorat tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Natijada tadbirkorlik subyektlari tovar, ish va xizmatlarni bozorga elektron platformalar (https://xarid.uzex.uz, https://cooperation.uz va boshqalar) orqali taklif qilishmoqda. Taklif va raqobatning halol bo’lgani yaxshi, albatta. Afsuski, mazkur jarayonda ayrim tadbirkorlik subyektlari intellektual mulk bilan bog’liq qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’yishmoqda. Xususan, xarid.uzex.uz va cooperation.uz platformalarida 35 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan…

Kasaba uyushmasi – xodimlarning ijtimoiy himoya kafolati

Mamlakatimizda huquqiy islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotganligini so’ngi yillarda normativ-huquqiy hujjatlarga inson va uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar mazmun mohiyatidan ham ko’rishimiz mumkin. Zero, qonunlar jamiyat hayoti va demokratik taraqqiyot negizidir. Qonunlar, avvalo, jamiyat hayotining asosini yaratib, davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladi. Kasaba uyushmalari fuqarolik huquqiy munosabatning subyekti sifatida o’ziga xos…

TAHLILIY MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga 2021 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar jami 43892 ta yozma, elektron va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 5694 ta yozma, 11286 ta elektron (Virtual qabulxona, veb-sayt va elektron pochta), 26912 ta og‘zaki (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul xodimlar qabuli va ishonch telefon) murojaatlarni tashkil etdi. Mazkur…

Navoiyga ehtirom

9-fevral kuni So‘z mulkining sultoni, buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari ishtirokida “Navoiyga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov kirish so‘zida Navoiyning insoniyat kamoloti va ma’naviyatiga qo‘shgan…

Aholiga extiyojlari uchun issiqlik energiyasi yetkazib berishda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi qanday tartibda hisoblanadi?

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari va qo’llanilgan tariflarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o’rganish va tahlil ishlari olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12- yanvardagi 22-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 153-bandi ikkinchi xat boshisida aholiga elektr energiyasi yetkazib…

HAMKORLIK

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining talabalari Indoneziya xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi (IJDP) doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish” laboratoriyasida “Raqobat strategiyalari” bo’yicha 3 oylik o’quv kursini tamomladilar. O’quv kurs davomida IJDP talabalari bozordagi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan strategiyalar hamda kompaniyalarni uzoq muddatli rejalashtirish bo’yicha bilimga ega bo’ldilar. Bundan tashqari, O’quv kursi…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

So’nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo’yishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan takomillashtirish bo’yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish…

Alisher Navoiy – So‘z mulkining sultoni

Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Navoiy ijodi bamisoli cheksiz bir ummon, ushbu ummonga qancha chuqurroq shoʻngʻisangiz shuncha koʻp inju terasiz. Shu sababdan ham Navoiy asarlari mana 6 asrdan buyon oʻz qiymatini, betakrorligini yoʻqotmagan. Navoiy asarlarini qanchalik koʻp oʻqigan sari, oʻrgangan sari, shuncha koʻp hayratga tushadi kishi. Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher…