Qoʻmita koʻrsatmasi ijrosi taʼminlandi yoxud “MERRYMED FARM” MCHJ bilan bogʻliq mojaralar xususida
Maʼlumki, Vengriyaning “CHINOIN Gyogyszer es Vegyeszeti Termekek Gyara Zrt.” kompaniyasi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi dunyoga mashhur “SANOFI” xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. “CHINOIN Gyogyszer es Vegyeszeti Termekek Gyara Zrt.” kompaniyasi 1996-yilda xalqaro roʻyxatdan oʻtgan “NO-SHPA/NO-SPA” va ushbu dori vositasi qutisi koʻrinishidagi tovar belgilarining huquqiy egasi hisoblanadi. Ushbu tovar belgilari Oʻzbekiston hududida ham belgilangan tartibda himoyaga ega.…