“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz!