Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida g‘urur va faxr uyg‘otadi.
Madhiyamiz mualliflari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi barcha yurtdoshlarimizni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi
Sh.Sharaxmetov