Joriy yilning 12-yanvar kuni Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi 14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazdi. Ushbu muhim bayram Qo‘mita xodimlari tomonidan kutib olindi.
Tadbir davomida Qo‘mitaning ijodiy va iqtidorli ayollar jamoasi tomonidan yaratilgan bayramona videorolik namoyish etildi. Ushbu video barcha Vatan himoyachilariga samimiy tabrik va minnatdorchilik izhoriga aylandi.
Bundan tshaqari tadbir hamkasblarning tabriklari va samimiy so‘zlariga to‘ldi.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir nafaqat bayramga sabab bo‘ldi, balki Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi jamoasida jamoaviy ruh va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.