12 ta korxona Ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi
Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar va moliya bozorlaridagi faoliyati hamda raqobat muhitini o‘rganish maqsadida keng ko‘lamli tahlil ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tahlillar doirasida bozordagi asosiy ishtirokchilarning faoliyati quyidagi xizmat turlari bo‘yicha o‘rganildi:
🔘 maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish;
🔘 Temir yo‘l liniyasini foydalanishga berish;
Olib borilgan tahlillar natijasida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, Raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining tegishli buyruqlari bilan ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zlariga biriktirilgan hududlarda ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etdi.
Jumladan:
Toshkent viloyati — Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari:
🔘 “ZANGIOTA OBODON” MChJ
🔘 “RAHNAMO SERVIS” MChJ
🔘 “ANGREN BUNYOD FAYZ” MChJ
Farg‘ona viloyati — Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari:
🔘 “MAXSUS GARANT AVTO SERVIS” MChJ
🔘 “VODIY MAXSUS SANITAR TRANS” MChJ
Surxondaryo viloyati — Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari:
🔘 “SURXONDARYO VILOYATI TOZA HUDUD” DM
🔘 “BIO TEXNO EKO” MChJ
🔘 “BIO-TEX-EKO” MChJ Sariosiyo va Uzun filiallari
🔘 “QIZIRIQ-INVEST” MChJ
🔘 “SALE KINGDOM” MChJ
Temir yo‘l liniyasini foydalanishga berish xizmatlari:
🔘 “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ
Sirdaryo viloyati — Temir yo‘l liniyasini foydalanishga berish xizmatlari:
🔘 “ULUG‘BEK YANGIYER QURILISH” MChJ
Ro‘yxat bilan tanishish. (https://raqobat.gov.uz/ustun-muzokara-kuchiga-ega-deb-etirof-etilgan-korhonalar-rojhati/) (2026-yil, 23-yanvar holatiga)
Ma’lumot uchun: “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb e’tirof etiladi.








