1-iyun – Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning shaxmat va shashka musobaqalari oʻtkazildi
Mazkur musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4954-sonli qaroriga asosan hamda Qoʻmitaning tasdiqlangan “Sport tadbirlar rejasi” asosida oʻtkazildi.
Ushbu musobaqa Qoʻmita va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi markaziy apparat xodimlarining farzandlari oʻrtasida tashkil qilindi. Sport musobaqasida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar Qoʻmita tomonidan diplom, medal va kitoblar bilan taqdirlandi.