Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikaning barcha hududlari kesimida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. 📍QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI Uchrashuvda davlat xaridlari va birja savdolarida raqobatni cheklash…

Tarixiy shaxslar obrazlaridan foydalanib, dori reklamasida axloq va ma’naviyat normalarini buzgan «NIKA PHARM» MCHJga moliyaviy jarima qo‘llanildi

Tarixiy shaxslar obrazlaridan foydalanib, dori reklamasida axloq va ma’naviyat normalarini buzgan «NIKA PHARM» MCHJga moliyaviy jarima qo‘llanildi Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali axloq va ma’naviyatning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq bo‘lmagan reklama-axborotlarini joylashtirish (tarqatish) holatlari mavjudligi qayd etilmoqda, bu esa reklamadan foydalanuvchilarning (aholining) keskin muhokamalariga sabab bo‘lmoqda (tanqidiy ruhdagi izohlar oshib bormoqda). Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda “NIKA…

Monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi

Monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Monopoliyaga qarshi komplayens joriy etilgan tashkilotlar xodimlari uchun monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi. O‘quv kursi doirasida ishtirokchilarga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning mazmun-mohiyati, uning iqtisodiyotdagi ahamiyati, ustun mavqe, monopoliya va tabiiy monopoliya tushunchalari, insofsiz…

BUKMEKERLIK XIZMATLARINI REKLAMA QILISH QONUNCHILIKKA ZID

BUKMEKERLIK XIZMATLARINI REKLAMA QILISH QONUNCHILIKKA ZID 2026-yil futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishi arafasida ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari hamda Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda bukmekerlik xizmatlari, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi reklama materiallari tarqalishi faollashishi kuzatilmoqda. Yirik sport musobaqalariga bo‘lgan qiziqishning ortishi ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni turli bukmekerlik platformalariga jalb etish vositasi…

Samarqand viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Samarqand viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi raisi boshchiligida Samarqand viloyatida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbir doirasida viloyat hududidagi tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqot qilinib, biznes yuritish jarayonida uchraydigan to‘siqlar, monelik holatlari va sog‘lom raqobat…

RAQOBAT QO‘MITASI QURILISH SOHASIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN FUQAROLARGA ESLATMA, QURUVCHI KORXONALARGA ESA OGOHLANTIRISH BERADI!

RAQOBAT QO‘MITASI QURILISH SOHASIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN FUQAROLARGA ESLATMA, QURUVCHI KORXONALARGA ESA OGOHLANTIRISH BERADI! So‘nggi vaqtlarda Raqobat qo‘mitasiga kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda. Jumladan, qurilish sohasidagi qonunbuzilishlar bo‘yicha 2025-yilda 1 706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragidayoq ularning soni qariyb mingtaga yetgan. 🚨Bu, bir tomondan, Qo‘mita faoliyatining ochiqligi va aholi hamda tadbirkorlar bilan…

Yil tahlilchisi – 2026

O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mamlakat milliy manfaatlarini ta’minlashda axborot-tahliliy faoliyatni takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori O.Jumayev “Ichki va tashqi omillarning mahalliy bozorga ta’sirini baholashda ekonometrik modellar, sun’iy intellekt va axborot-tahliliy yondashuvlarning o‘rni” mavzusidagi…

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga moliyaviy xizmatlar va savdo sohalarida fuqarolardan tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga moliyaviy xizmatlar va savdo sohalarida fuqarolardan tushayotgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda. Hududlar kesimida misollar 📍 Andijon viloyati Hududiy boshqarma tomonidan Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. tomonidan “Yandeks GO” ilovasi orqali mahsulot buyurtma qilgan va mahsulot o‘z vaqtida kelmagani sababli shartnomani bekor qilgan. ammo buyurtma uchun 164 000 so‘m…

“TBC Bank” guruhiga aloqador kompaniyaning “OLX Classifieds”ni sotib olishi bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berildi

“TBC Bank” guruhiga aloqador kompaniyaning “OLX Classifieds”ni sotib olishi bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berildi Raqobat qo‘mitasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarida ro‘yxatdan o‘tgan “Tapuz Limited” kompaniyasining “OLX Classifieds” MChJ XKning (“OLX” savdo belgisi ostida onlayn reklama xizmatlarini ko‘rsatuvchi raqamli platforma) 100 foiz ulushini sotib olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi. Ma’lumot uchun, 🔘 “Tapuz Limited” —…

Raqobat qo‘mitasi kimyo sanoatida ichki bozor holati va investitsiya imkoniyatlarini tahlil qildi

Joriy yilning 2-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda kimyo sanoatining iqtisodiyotdagi ahamiyati ta’kidlanib, sohada qo‘shilgan qiymatni oshirish, energiya sarfini qisqartirish hamda mavjud xomashyo zaxiralaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi tomonidan kimyo sanoatining…