O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir fuqaroning muammosi hal etildi.
Fuqaro hududiy boshqarmaga quyidagi mazmunda murojaat yo‘llagan:
Zarafshon shahar 14-kichik daha hududida quriladigan B blok 9-qavatida joylashgan bir xonali, umumiy maydoni 52,11 kv.m bo‘lgan xonadonning bahosi 198 000 000 so‘m qilib belgilangan.
Xaridor ushbu xonadonlardan birini xarid qilish maqsadida shu vaqtga qadar oyma-oy 29 700 000 so‘m miqdorda to‘lovni amalga oshirganligi, ammo oilaviy sharoiti sababli 2023-yil 12-aprel kuni o‘z arizasiga binoan shartnomani bekor qilganligini bildirgan.
Lekin bugungi kunga qadar amalga oshirgan 29 700 000 so‘m miqdorda to‘lovni qurilish tashkiloti tomonidan qaytarib berilmayotganligidan hududiy boshqarmaga shikoyat qilib, ushbu masalada amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqaroga 29 700 000 so‘m mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.