Joriy yil 8-aprel kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi xodimlari ishtirokida «Amir Temur vorislari» shiori ostida «Zakovat» intellektual o’yini bo’yicha Qo’mita turniri o’tkazildi. Unda Qo’mita markaziy apparati, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy boshqarmalari hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazining 100 ga yaqin xodimlari intellektual mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi.
Ferangiz Choriyeva «Zakovat»ning «Eng yaxshi ishtirokchi»si deb topildi.
Turnir so‘ngida «LADIES» jamoasining go‘zal qizlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.