Joriy yil 23-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi xodimlari ishtirokida Yoshlar kuni munosabati bilan «Zakovat» intellektual o’yini bo’yicha Qo’mita turniri o’tkazildi.
Unda Qo’mita markaziy apparati, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy boshqarmalari hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazining 100 ga yaqin xodimlari intellektual mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi.
Turnir so’ngida g’olib va qatnashchilar munosib taqdirlanishdi.