O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Shoxrux Shaturgunovich Sharaxmetov, Qo’mita raisi o’rinbosarlari – Farrux Esanaliyevich Karabayev, Bekzod Xamzayevich Ummatov, Qo’mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurod Xaitmetov va Qo’mitaning markaziy apparati boshqarma boshlig’i Mirzohid Kamilov, boshqarma boshlig’i o’rinbosari Bahodir Yusupjanov, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo’yicha hay’at a’zosi (vazir) Shakkaliyev Arman Abayevich, Raqobat va davlat xaridlari siyosati departamenti direktor o’rinbosari Akopyan Armine Arushanovna va Xalqaro hamkorlik va raqobatni himoya qilish boshqarmasi maslahatchisi Somova Anastasiya Mixaylovna qatnashdilar.
Uchrashuvda Yevrosiyo Iqtisodiy Komissiyasi va O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasida imzolangan memorandum va qo’shma harakatlar rejasi doirasida kelajakdagi rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
O‘z navbatida, uchrashuv qatnashchilari hamkorlik doirasida O’zbekiston Respublikasida raqobat va davlat xaridlari sohalarini rivojlantirishga yuqoridagi yo’nalishlarda Q’omita xodimlari salohiyatini oshirish maqsadida o’quv seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlar o’tkazishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, uchrashuvda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi xodimlarini Rossiya Federatsiyasining Federal monopoliyaga qarshi xizmati qoshidagi o’quv-uslubiy markazining o’quv tadbirlarida ishtirok etish, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlatlarning monopoliyaga qarshi organlari rahbarlari hamda Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasining raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha Kengashi (vaziri) a’zosi Shakkaliev Arman Abaevich ishtirok etadigan “5+1” formatidagi uchrashuvlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi hamda vakillari ishtirok etishi atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bloki faoliyati va vazifalari mavzusida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tarkibiy tuzilma boshliqlari uchun taqdimot o‘tkazildi.