Yaponiya adolatli savdo komissiyasi (JFTC) Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan tashkil etilgan “Raqobat qonunchiligi va siyosati – raqobatni rivojlantirish asoslarini mustahkamlash” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan xalqaro amaliyot tajribalarini bo‘lishdi.
Ushbu loyiha maqsadi:
1️⃣ raqobat qonunchiligini samarali amalga oshirishga,
2️⃣ mavjud raqobat qonuni va siyosatini ko‘rib chiqish va/yoki
3️⃣ yangi qonun loyihasini ishlab chiqish yoki amaldagi raqobat to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishda hissa qo‘shishga qaratilgan.
Yaponiya Raqobat qonunchiligi va siyosatini amalga oshirish bo‘yicha bilim va tajribalarga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan bu dastur, ishtirokchi davlatlarda raqobat muhitini va yanada adolatli savdo amaliyotlarini targ’ib qilishga intiladi.
Mazkur dasturda faoliyati bevosita raqobat siyosati bilan bog‘liq davlat organlari taklif etildi. Qator davlatlar, jumladan, Filippin, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Indoneziya, Tailand, Keniya, Ukraina, Nigeriya, Angola davlatlaridagi mutassaddi raqobatga qarshi faoliyatni tartibga solish uchun mas’ul bo’lgan organlar vakillari ham qatnashdilar. Dastur so‘ngida barcha ishtirokchi davlatlar vakillari olingan bilim va tajribalarni mamlakat rivoji uchun qo‘llash va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan taqdimot qilishdi.