📌Qashqadaryo viloyati hududidan chigitni olib chiqishga taqiq qoʻyilganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda.
🖇Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ushbu holat nazoratga olingan boʻlib, chigitni «Umekey» postidan o‘tkazilmayotganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimiyati va Qashqadaryo viloyati IIBga so‘rovnoma yuborilgan.
🔰2020-yilda ham 3 ta viloyatda bu kabi holat kuzatilgan. Qoʻmita tomonidan 2020-yil 27-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobat toʻgʻrisidagi qonunining 12 moddasi talablari buzilganligi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyat hokimliklariga hamda ushbu viloyatlarning IIBlariga nisbatan Qoʻmita tomonidan 2020-yil 27-noyabrda ish qoʻzgʻatilgan edi. Qonunchilik talablari buzilganligi oʻz tasdigʻini topganligi sababli hokimliklarga va viloyatlarning IIBlariga nisbatan Qoʻmitaning qarori qabul qilingan va koʻrsatmasi berilgan edi. Shunga qaramay, Qashqadaryo viloyatida bu kabi holat qayta kuzatilmoqda.
❌Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatining tegishli korxonalari tomonidan birja savdolariga qoʻyilgan chigit mahsulotlari birja orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotib olinganligiga qaramay, ushbu chigit mahsulotlarini viloyat hududidan olib chiqishda to‘siqlar borligi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
👉Holat yuzasidan Qoʻmitaga ham murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar Jismoniy va yuridik shaxslarning hamda Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari doirasida chora koʻrish uchun oʻrganilmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.