Qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlari bilan ochiq tarzda muloqot uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuv doirasidagi muhokamalarda, bugungi kunda eng asosiy dolzarb masalalardan biri bo‘lgan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ushbu sohada Qonun ustuvorligini hisobga olgan holda mamlakatimizda ichki iste’mol va xizmat ko‘rsatish bozorlarida barchani sifatli va xavfsiz ish xizmat va mahsulotlar bilan ta’minlash birinchi navbatdagi vazifalardan ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Qo‘mita raisi uchrashuv doirasida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hamda sohaga oid boshqa normativ hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zaro hamkorlik qilish bunda ayniqsa Federatsiya tizim tashkilotlarining tuman darajasigacha tushib ishlash imkoniyati va bu borada katta resurslarga ega ekanligi va bu o‘zaro bir manfaat yo‘lida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun keng imkoniyatlar berishini ta’kidladi.
Muloqot davomida, Qo‘mita raisi bundan keyin barcha sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarda hamkorlikni qayta ko‘rib chiqib o‘zaro tizimli ishlash usullariga o‘tish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shu bilan birgalikda, Federatsiyaning iste’molchilar manfaatidan kelib chiqib barcha subyektlarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyati kengligi va bu borada Qo‘mitaga asosiy tayanch bo‘la olishi ham ta’kidlab xalqimiz ishonchini oqlash eng muxum vazifa bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.