Raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat muassasa tashabbusi bilan Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 104-428 sonli qarorlari mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va tegishli mutaxassislarga yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda reklama sohasidagi tadbirkorlar, tijorat banklari, qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqa tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbirda reklama qonunchiligi talablari, reklama materiallarini joylashtirish tartibi va bozorda shaffof raqobatni ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.
Mazkur uchrashuvlar reklama sohasidagi huquqiy savodxonlikni oshirish, davlat organlari va biznes o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda bozorda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.