Xorazm viloyatida Raqobat qo‘mitasi raisi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari bilan matbuot anjumani xamda ochiq muloqoti ham bo‘lib o‘tdi.
“Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar”ni Raqobat qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev tomonidan hisobot berildi.
Ushbu ochiq muloqot davomida Qo‘mita raisi jismoniy va yuridik shaxslardan murojaat va takliflarini qabul qildi.
Shuningdek, tadbir davomida Xorazm viloyatida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yetarli darajada emasligi ta’kidlanib, bu yo‘nalishda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududiy tashkilotlari imkoniyatidan foydalanish hamda o‘zaro hamkorlik masalalarini kengaytirish kerakligi belgilandi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlar qamrovini kengaytirish yuzasidan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish strategiyasi» ishlab chiqilayotganligi haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ham tinglandi.
Ma’lumot o‘rnida:
2024-yilda jami 1400 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 1,5 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.