Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda. Xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va ma’naviy an’analarimizni ham yodga soladi.
Raqobat qo‘mitasining go‘zal va dilbar ayollari ham har yili “Xon atlas” festivalida faol ishtirok etadilar.