Joriy yil 5-8-fevral kunlari Bilbao shahri (Ispaniya)da Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Vengriyadagi OECD-GVH Mintaqaviy raqobat markazi tomonidan Bilbao Deusto universiteti bilan hamkorlikda “Yangi xodimlar uchun kirish seminari” mavzusidagi seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Mintaqaviy raqobat markazi (Regional Center for Competition), shuningdek Ispaniya Raqobat organi tomonidan olib borilayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda tajriba almashishdan iborat.
O‘tkaziladigan tadbir va uchrashuvlar davomida raqobat huquqi va iqtisodiyotning eng dolzarb mavzulari, jumladan, raqobatga qarshi bitimlarning asosiy xususiyatlari, raqobatni huquqiy himoya qilish, shuningdek, iqtisodiy va protsessual masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.