«O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani sabab me’yoriy-huquqiy hujjatlar izchil takomillashtirilmoqda, qonunchilik tashabbuslari faol ilgari surilyapti, raqamli ekotizimni tartibga solish bo‘yicha tegishli tuzatishlar to‘plami allaqachon qabul qilingan. Mintaqa davlatlari mazkur tajribani o‘zlashtirishi juda muhim.»
Marat OMAROV,
Qozog‘iston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi
«Yaqin kelajakda barcha raqobat idoralari umumiy qat’iy imtiyozli qoidalardan foydalanishga o‘tishi ehtimoli kuchli. O‘zbekiston bu boradagi sa’y-harakatlarni erta boshlagan va allaqachon zarur choralar ko‘rgan davlatlardan biridir. Ayni tajribani baham ko‘rish juda muhim. Mamlakatingizda soha taraqqiyoti yo‘lida qabul qilgan qonunlar, masalan, raqamli platformalar to‘g‘risidagi qonunning muqobili hali Turkiyada ishlab chiqilmagan. Demak, O‘zbekistondan o‘rnak olish kerak.»
O‘g‘ur Bilgixon Burxon,
Turkiya Monopoliyaga qarshi davlat organi eksperti