Xalqaro hamkorlik doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasida AQShning “Tetra Tech” tashkiloti tomonidan “Tarmoq sanoatlarida bozorni erkinlashtirish hamda transformatsiya qilish” mavzusida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari salohiyati hamda ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan bir haftalik seminar-treninglarga start berildi.
Ma’lumot uchun: USAIDning “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasida “Tetra Tech” tashkiloti ekspertlari tomonidan energiya bozorini tartibga solish, erkinlashtirish va uni o‘zgartirish, tariflar metodologiyasi, shuningdek sohaga oid xorijiy eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganish bo‘yicha Qo‘mita tizimi xodimlari salohiyati hamda malakasini oshirishga qaratilgan 2-modul hisoblanadi hamda mazkur modul doirasida seminar-trening joriy yilning 14-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.