Xalqaro davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Rais o‘rinbosari Farrux Karabayev hamda tadbirda ishtirok etayotgan qator nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar vakillarining kirish so‘zlari bilan ochib berildi.
Shuningdek, quyidagi spikerlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi:
– Bobur Bekmurodov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi;
– Jamshid Urunov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari;
– Abdulla Abdukadirov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;
– Shaxlo Ibragimova —O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari;
– Otabek Nasirov — Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik ekspertlar kengashi a’zosi.
Xalqaro tashkilotlarning yetakchi ekspertlaridan:
– Tereza Moreyra — BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNKTAD) Xalqaro savdo va xomashyo bo‘limi huzuridagi Raqobat va iste’molchilar siyosati bo‘limi rahbari;
– Kanokpan Lao-Araya — Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) O‘zbekistondagi Doimiy vakolatxonasi rahbari;
– Koba Gvenetadze — Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili;
– Pinar Yashar — Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh iqtisodchisi;
– Mariya Pilar Kanedo Arrillaga — Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Raqobat bo‘limi katta eksperti;
– Uilyam Kovachich — Global raqobat siyosati va huquqi bo‘yicha professor, huquq professori, Raqobat huquqi markazi direktori;
– Renato Ferrandi — Italiya Monopoliyaga qarshi organining xalqaro masalalar va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalar bo‘yicha direktori.
Cpikerlar o‘z ma’ruzalari tadbirkorlik faoliyatiga davlat organlarining noqonuniy aralashuvini oldini olish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va raqobat muhitini himoya qilish masalalari bugungi kunda strategik ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, xalqaro tajriba, institusional mexanizmlar va raqamli yechimlarni joriy etishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Davra suhbatida quyidagi panel sessiyalari bo‘lib o‘tmoqda:
– “Tadbirkorlik faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini cheklash – institusional mexanizmlar”;
– “Biznes uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish”;
– “Tekshiruv va nazorat jarayonlarida raqamli yechimlar va shaffoflikni ta’minlash”.
Ushbu tadbir O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini yana-da yaxshilash, davlat organlari faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash hamda raqobat siyosatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.








