FUQARODAN SAVOL:
– Voyaga yetmaganlarni himoya qilish maqsadida reklamani tayyorlash, tarqatish va joylashtirishda qanday talablar belgilangan?
MUTAXASSIS JAVOBI:
Sherzod MAXAMADALIEV,
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i:
– Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
voyaga yetmaganlarning iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste’mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish;
xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga da’vat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;
haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanish;
ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazish;
voyaga yetmaganlar olishi yoki iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan telekanallarda, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
O‘Zbekiston Respublikasining “Reklama To‘G‘Risida”Gi Qonuni
(17-modda. Voyaga yetmaganlarni reklamada himoya qilish.)