Vengriya Raqobat organining (GVH) taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov 2024 yil 25-27 mart kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan “Sudlov va qo’shib yuborish va qo’shib olish ustidan nazorat” mavsuziga bag‘ishlangan raqobat organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etmoqda.
Mazkur uchrashuvda “OECD-GVH” Mintaqaviy raqobat markazining hozirgi faoliyati hamda istiqboldagi reja va dasturlarni muhokama qilish, shuningdek, raqobat organlarining sudlar bilan hamkorligini yaxshilash orqali raqobat organlari faoliyati samaradorligini hamda jamiyatga ta’sirini oshirishga qodir bo‘lgan birlashuvlarni nazorat qilish va tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: Budapeshtdagi “OECD-GVH” Mintaqaviy raqobat markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz deb ataladi), Vengriya Raqobat organi (GVH) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan 2005-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Markaz raqobat qonunchiligi va siyosati bo‘yicha seminarlar va o‘quv dasturlarini tashkil etish orqali raqobatni rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organlar va sudyalar salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkillashtiradi. Markazning asosiy vazifasi – Janubi-Sharqiy, Sharqiy va Markaziy Yevropa mintaqalarida raqobat siyosati, qonunchiligi va madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashish va shu orqali davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va farovonligiga hissa qo‘shishdir.
Ushbu xalqaro tadbirda ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsad raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida jahon mamlakatlari tomonidan olib borilayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishish, so‘nggi xalqaro uslubiyotlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat.
O‘z navbatida, ushbu tadbir raqobat muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlarning ijobiy natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish uchun muhim ahamiyatga ega xalqaro darajadagi platforma bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida xorijiy davlatlarning raqobatni rivojlantirish hamda monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish sohasidagi organlari bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.